Sport | 11:50 / 21.06.2021
6843
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar 2022 yilgi JChga faqat koronavirusga qarshi emlanganlarni kiritadi

Foto: Reuters

Koronavirusga qarshi vaksinani olgan muxlislargina Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati-2022 o‘yinlariga tashrif buyurishi mumkin. Ushbu qaror mamlakat rasmiylari tomonidan qabul qilindi, deya xabar berdi Qatar bosh vaziri shayx Xolid bin Xalifa bin Abdulaziz Ol Taniy.

«2022 yilgi jahon chempionati boshlanguniga qadar, aksariyat mamlakatlar o‘z aholisini emlab bo‘ladi, - deya bosh vazirning so‘zlarini keltirmoqda AP. - Ayrim davlatlar o‘zining barcha aholisini emlay olmasligini hisobga olib, Qatar to‘liq hajmda vaksinani olmagan muxlislarning stadionga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi».

Unga ko‘ra, Qatar musobaqani tomosha qilish uchun keladiganlarda immunitet hosil qilish uchun 1 million dozada COVID-19’ga qarshi vaksinani yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid