Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada muvaqqat hukumat shakllantirildi
Myanmadagi davlat to‘ntaruvidan keyin hokimiyatni egallagan harbiylar tashkil etgan davlat ma'muriy kengashi muvaqqat hukumat shakllantirilganini e'lon qildi. Bu haqda kengash buyrug‘iga tayanib “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Buyruqqa ko‘ra, Myanma bosh vaziri lavozimini mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, kengash raisi Min Aun Xlayn egalladi.
Min Aun Xlayn telemurojaat bilan chiqib, mamlakatda 2023 yilning 2-yarmida yangi umumiy saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan.
Myanmada harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini 2020 yil noyabrda o‘tgan saylovlardagi firibgarliklarda ayblab, hokimiyatni egallab olgandi. Mamlakat prezidenti Vin Min va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji o‘z lavozimlaridan chetlatilgandi.
Shundan keyin Myanmada harbiylarga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu namoyishlarni bostirish vaqtida 700dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:22 / 28.07.2025
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025