Jahon | 16:44 / 06.08.2021
5594
1 daqiqa o‘qiladi

JSST xorijga chiqayotganlar uchun majburiy vaksinatsiya talabi qo‘yilishiga qarshi chiqdi

JSST vakilining ta'kidlashicha, hozircha dunyoda vaksina teng ravishda taqsimlanmagan ekan, emlanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarga nisbatan «yana bir diskriminatsiya moddasi»ni qo‘shish kerak emas.

Foto: DPA

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Tarik Yasharevich xorijga chiqishda koronavirusga qarshi majburiy emlanish talabi qo‘yilmasligi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda TASS.

Yasharevichning ta'kidlashicha, hozircha dunyoda vaksina teng ravishda taqsimlanmagan ekan, emlanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarga nisbatan «yana bir diskriminatsiya moddasi»ni qo‘shish kerak emas.

«JSST boshidayoq aytgan: vaksinatsiya xalqaro safarlar uchun shart bo‘lishi kerak deb hisoblamaymiz», — dedi Yasharevich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot vaksinalarning raqamli sertifikatsiyasi joriy qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hozirda aksariyat mamlakatlarga kirish uchun koronavirusga qarshi emlanganlik yoki PZR-test natijasi manfiyligi to‘g‘risidagi hujjatni ko‘rsatish talab qilinmoqda.

Mavzuga oid