Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya JSSTga 360 mln yevro ajratadi
JSST rahbari Tedros Adhanom Herbeysus Germaniya kansleri Olaf Sholsga GFRning boshqa mamlakatlarni JSSTni qo‘llab-quvvatlashga safarbar etishdagi faolligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Foto: X / DrTedros
Germaniya 2025-2028 yillar oralig‘ida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faoliyatini moliyalashtirish uchun 360 million yevro ajratadi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 14 oktyabr, dushanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash sammitida ma’lum qildi.
JSST rahbari Tedros Adhanom Herbeysus Germaniya hukumati rahbariga minnatdorchilik bildirdi. «Biz Germaniyaning JSSTni kelgusi to‘rt yil ichida 400 million dollarga yaqin mablag‘, jumladan, 260 million (dollar, konvertatsiya qilinganda 238 million yevro)ni yangi ixtiyoriy badallar sifatida ajratish majburiyatini olqishlaymiz», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida. JSST Sholsdan boshqa mamlakatlarni uni qo‘llab-quvvatlashga safarbar etishdagi roli uchun «qalbining tubiga qadar» minnatdor ekanligi bildirildi.
14 oktyabr kuni kechqurun JSST vakillari Berlinda Germaniya, Fransiya va Norvegiya tomonidan tashkil etilgan donorlar konferensiyasi yakunlari bo‘yicha tashkilot ishini moliyalashtirish uchun bir milliard dollardan (0,92 milliard yevro) ko‘proq mablag‘ ajratish to‘g‘risida kelishuv olinganini ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, sammitning o‘zida 700 million dollar ajratish bo‘yicha kafolatlar olingan. Tadbir oldidan, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqining majburiyatlari hisobiga yana 300 million dollar ajratishga kelishib olindi.
Ushbu mablag‘lar JSST tomonidan oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlari, xususan, emlash orqali ularga qarshi kurashish uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.
Germaniyada o‘ta xavfli Marburg virusi aniqlangan bo‘lishi mumkin
Marburg virusi bilan kasallangani taxmin etilgan ikki yo‘lovchi zudlik bilan Hamburg markaziy vokzalidan evakuatsiya qilindi. 2 oktyabr kuni dpa agentligining xabar berishicha, kasallik alomatlarini sezgan tibbiyot yo‘nalishi talabasi va uning sevgilisi keyingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Hamburg-Eppendorf universiteti kasalxonasiga olib ketilgan.
Juftlik Hamburgga Frankfurt-Mayn shahridan ICE tezyurar poyezdida yetib kelishdi. Yo‘lda ikkalasida ham grippga o‘xshash alomatlar paydo bo‘ldi. Ilgari talaba Ruandaga tashrif buyurgan va u yerda shifokorlar keyinchalik Marburg virusini yuqtirgan deb tashxis qo‘ygan bemor bilan aloqada bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdda virus tashuvchisi bo‘lgan 200 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aloqa ma’lumotlari politsiya tomonidan karantin choralari uchun to‘plangan.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

14:34 / 22.08.2025
“Kaltaklanadigan bolalar o‘qishda qoloq, tajovuzkor bo‘lib ulg‘ayadi” – JSST

16:52 / 23.07.2025
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025