Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST mpox’ni aniqlaydigan ilk testni tasdiqladi
Tezkor test “Alinity m MPXV” deb nomlanadi. Test AQShning Abbott Molecular kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Foto: WHO
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechagi (mpox) virusini tezkor aniqlaydigan birinchi ekspress-testni tasdiqladi. Test Abbott Molecular kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U test “Alinity m MPXV” deb nomlanadi. PZR-testdan, birinchi navbatda, epidemiya avj olgan hududlar hamda tezkor va aniq diagnostika vositalariga ehtiyoj keskin oshgan mamlakatlarda foydalanishga ruxsat berildi. JSST test virus tarqalishini kamaytirishga yordam berishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida JSST mpox’ga qarshi ilk vaksinani tasdiqlagan edi.
Ma’lumot uchun, mpox (maymunchechagi) virusi avgust oyi o‘rtalarida Afrika mintaqasida favqulodda holat deb e’lon qilingan edi. 2024 yilning sentabr holatiga ko‘ra, Afrikada 30 mingta mpox bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Eng ko‘p yuqish holatlari Kongo, Burundi va Nigeriyada aniqlangan.
Oldinroq, Sanepidqo‘m O‘zbekistonda virus tarqalishi oldini olish uchun choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

16:52 / 23.07.2025
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025