10:19 / 06.08.2021
2166

Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan test jarayonlarining birinchi kunida 15 nafar abituriyent sinovdan chetlashtirildi

Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan test jarayonlarining birinchi kunida 15 nafar abituriyent sinovdan chetlashtirilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatining beshta hududida, sport maydonlarida o‘tkazilayotgan test sinovlarida 15 nafar abituriyent taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringan.

Qayd etilishicha, holat ichki ishlar xodimlari tomonidan qayd etilib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Qoidalarni buzgan abituriyentlar sinovdan chetlatilgan.

Mavzuga oid
Top