«Bunday holatni kuzatiş oğriqli»
Özbekistonlik taniqli sobiq futbolçi, joriy mavsumdan «Dinamo» örinbosarlar jamoasi boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Andrey Pyatnitskiy «Fergana» naşri muxbiri bilan suhbatda «Dinamo» jamoasida bu yil hisobidan faqat bir marta – yanvar oyi maoşi berilganini ma’lum qilgan.
Mutaxassisning sözlariga köra, safar öyinlariga borib-keliş, jamoani zarur anjomlar bilan ta’minlaş masalasida hammasi joyida, faqatgina futbolçilar, murabbiylar va klub işçilariga maoş tölaş masalasida muammolar kuzatilmoqda.
«Maoş berilmayotgani uç oyga çözildi. Özimni futbolçilarning örniga qöyib körib aytaman – sabr qiliş mumkin, ammo unçalik köpga emas. Örinbosarlar safidagi köplab öyinçilar şaharga tumanlardan qatnaydi. Ba’zida pul yöqligi uçun yoş öyinçilar maşğulotlarga ham qatnay olmayapti. Ularning ota-onasida ham gohida öşa pul topilmaydi. Şu sabab jamoadagi intizom masalasiga qaramay, ularga nisbatan çora körişga qölim bormaydi. Samarqand – futbolni juda sevadigan va ardoqlaydigan ajoyib turistik şahar. Ammo bunday holatni kuzatiş oğriqli.
Bu yerda şu yildan işlaşni boşlaganim bois, oçiği bu men uçun kutilmagan hol. Fikrimça, hozirgi holatdan asosiy jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov ham hayron qolayotgandir. Barçasi tezroq hal bölişiga va biz öz işimizni davom ettirişga umid qilaman», - deydi Pyatnitskiy «Fergana» muxbiri bilan suhbatda.
«Dinamo» xususiy klubmi yoki viloyat jamoasi?
«Dinamo» futbol jamoasi Özbekiston çempionatidagi boşqa viloyat klublari singari hokimlik qaramoğidagi jamoa sanalasa-da, 5 yildan buyon «Agromir Buildings» kompaniyasi tomonidan moliyalaştirilmoqda va bu davrda klubda moliyaviy muammo kuzatilmagan.

Yaqinda Özbekiston professional futbol ligasi boş direktori Diyor Imomxöjayev «Sport» telekanalidagi çiqişida Superliga klublarining xususiylaştiriş masalasiga töxtalib, Özbekistonda hozirga kelib faqat «Surxon» va «Dinamo» deyarli xususiy ekani, «Paxtakor» ham şu yöldan borib, Jahongir Ortiqxöjayev tomonidan moliyalaştirilişi haqida ma’lum qilgandi. Surxondaryo klubi «Eriell» neftgaz kompaniyasi boşqaruv raisi Baxtiyor Fozilov tomonidan sotib olingan bölsa, Samarqand jamoasi «Agromir Buildings» kompaniyasi tomonidan moliyalaştirilgan. Superliganing qolgan klublari esa viloyat hokimiyatlari va davlat uluşi bor yirik korxonalar homiyligi ostida qolmoqda.














