Qonunçilik palatasida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi taşabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bölib ötdi. 

Unda deputatlar “Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş tizimini yanada takomillaştiriş, şu jumladan, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kiriş uçun imtihonlarni “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq taşkil etiş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida”gi masalani muhokama qildi. 

Kun tartibidagi uşbu masala yuzasidan deputatlarning savollariga Özbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov javob berdi. 

Ma’lum qilinişiça, 2024-2025 öquv yili uçun bakalavriatga qabul böyiça röyxatdan ötişning birinçi bosqiçi joriy yil 5 iyun kunidan boşlandi va 25 iyungaça davom etadi. Buning uçun abituriyentlarga faqat test sinovlari ötkaziladigan yönalişlarga test topşiradigan fanlar, ta’lim tili, test topşiriş hududini tanlaş, şuningdek, ijodiy imtihon ötkaziladigan yönalişlarga esa bakalavriat ta’lim yönalişi va ijodiy imtihon topşiriladigan oliygohni tanlaş imkoniyati yaratildi. 

Röyxatdan ötişning birinçi bosqiçi yakunlangandan söng, 1-25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28 iyul kunlari test sinovlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Mazkur tadbirlar böyiça vazirlik, Bilim va malakalarni baholaş agentligi hamda oliygohlar tomonidan bir qator işlar amalga oşirilmoqda. 

Xususan, abituriyentlar ijodiy imtihonda töplagan balini öşa kunning özida, testda töplagan balini ertasiga bilişi mumkin böladi. Ijodiy imtihon va test sinovlari töliq yakunlangandan söng, 15 kun davomida röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida abituriyentlar test ballaridan kelib çiqib, 5 tagaça oliygoh (yönaliş), ta’lim şaklini, tanlov ustuvorligini, ijodiy imtihon ötkazilgan yönalişlar uçun esa qöşimça ravişda tanlangan yönaliş böyiça yana şunça oliygohni tanlaş huquqiga ega. 

Vazir pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun 2-kursdan boşlab haftalik öquv maşğulotlarini “4+2” tartibida, jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgaça, umumiy örta va professional ta’lim muassasalarida amaliyot ötaş şaklida olib borilişini ta’minlaşga qaratilgan işlar davom ettirilişini ma’lum qildi.