Samarqandda sodir bölgan yöl-transport hodisasida Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi Davron Elmurodov halok bölgan.
Talabaning vafot etgani haqida Yoşlar ittifoqining Samarqand viloyati kengaşi xabar bermoqda. Hodisadan xabardorlar xabar ostida uning YTH qurboni bölganini yozib qoldirişgan.
Davron törtinçi bosqiçda öqiş bilan birga universitetning yoşlar ittifoqi pedagogik ta’lim yönalişi koordinatori vazifasida işlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, talaba yigitni poyga uyuştirgan maşinalardan biri urib yuborgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz‘ga ma’lum qilişiça, hodisa 2024 yil 21 may kuni soat 23:30 larda Samarqand şahridagi Talabalar xiyoboni köçasida sodir bölgan.
"Nexia-2" maşinasi piyodalar yölakçasidan ötayotgan talabani urib yuborgan. Oqibatda talaba şifoxonada vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand şahar IIO FMB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand şahrida köça poygalari ötkazilişi avvalroq Kun.uz’da berilgan maqolada tilga olingandi. Öşanda viloyat IIB YHXB axborot xizmati maqolada tilga olingan muammo böyiça munosabat bildirib, köça poygalarini aniqlaş böyiça maxsus reyd guruhlari tuzilişini ma’lum qilgandi. Öşandan buyon oradan ikki yildan oşiq vaqt ötdi. Biroq Samarqand şahrida köça poygalari hanuz davom etyapti.







