O‘zbekiston | 11:55 / 16.08.2021
4158
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga test o‘tkaziladigan sana ma'lum bo‘ldi

O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sana ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Davlat test markaziga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 18 avgust kuni soat 19:00da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – «Turon» markaziy stadioni;
  • Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
  • Namangan viloyati – 17-bolalar o‘smirlar sport maktabi «Navbahor-umid» stadioni;
  • Buxoro viloyati – «Dilkusho» tennis sport majmuasi;
  • Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi «Xorazm» sport majmuasi (1-sektor);
  • Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
  • Qashqadaryo viloyati – «Nasaf» futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);
  • Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30dan kechikmagan holda kelishlari so‘ralmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid