14:44 / 24.08.2021
11379

Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini tankka qarshi raketa majmualari bilan kuchaytirdi

«Kornet» tankka qarshi raketa majmualari dushmanning zirhlangan texnikasi va vertolyot hamda dronlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Foto: TASS / Malgavko Sergey

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga «Kornet» tankka qarshi raketa majmualari keltirildi. Bu haqda Aziya-Plyus Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «Kornet» tankka qarshi raketa majmualari dushmanning zirhlangan texnikasi va vertolyot hamda dronlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Raketa 100 metrdan 5,5 kilometrgacha masofadagi nishonlarni ura oladi.

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan. Uning tarkibiga motoo‘qchi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari kiradi.

Top