13 iyun kuni Tojikistonning Xatlon viloyati, Sangvor tumanida çöpon va qöylar podasi yaşin urişi oqibatida nobud böldi.
Fojia Qoroşura şahrida (dengiz sathidan 3500-3700 metr balandlikda) joylaşgan yozgi yaylovda kuçli jala paytida sodir bölgan. Xatlon viloyati Dösti tumanida yaşovçi uç nafar çöpondan biri çaqmoq urişi oqibatida halok bölgan.
– Çöponlar çodir qurib, elektr energiyasi bilan ta’minlaş uçun unga quyoş fotoelektr paneli (quyoş panellari) örnatgan. Ular böron paytida panellarni olib qöymagan. Oqibatda çaqmoq aynan panellarga urgan. Çöponlar turli tan jarohati olgan, ulardan biri hodisa joyida halok bölgan», deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar qömitasi (FVQ).
Şuningdek, çaqmoq urişi oqibatida 200 boşga yaqin mayda şoxli hayvonlar ham nobud bölgan.
FVQ aholidan noqulay ob-havo şaroitida barça qoidalarga rioya qilişni söragan. Qayd qilinişiça, çaqmoq yomğir yoğayotgan joydan ön kilometr masofagaça paydo bölişi mumkin. Şuning uçun, yomğirdan keyin boşpanani tark etişga şoşilmaslik kerak. Çaqmoq urişi xavfi momaqaldiroq ovozlari töxtagunça saqlanib qoladi.












