Jamiyat | 13:26 / 09.09.2021
5317
1 daqiqa o‘qiladi

Gumon bilan ushlab turilgan shaxslarning reyestri joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Liberal-demokratik partiyasi qurultoyidagi nutqida kelgusida gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlab turiladigan taqdirda, ularning reyestri yuritilishini bildirdi.

«Gumon bilan ushlab turilgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestr ishga tushiriladi.

Eng muhimi, reyestrga ma'lumotlarni kiritmaslik gumonlanuvchi shaxslarni ushlab turishni noqonuniy deb topishga asos bo‘ladi», dedi davlat rahbari.

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish chorasini qo‘llaganida, shaxsning qayerda ushlab turilgani to‘g‘risida darhol oila a'zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma'lum qilishi shart.

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish