O‘zbekiston | 12:44 / 09.09.2021
4255
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘ladi 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi s'yezdida ishtirok etayotgan Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar masalasiga to‘xtaldi va ular hamisha prezident himoyasida bo‘lishini bildirdi.

“Biz ochiqlik va oshkoralik, jamoatchilik bilan faol hamkorlik yo‘lidan qat'iy boramiz.

Ijtimoiy soha obektlarini qurish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar ochiq e'lon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladi. 

Shuningdek, subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar ajratish orqali nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash hajmi, 2 barobar oshiriladi.

Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun, zarur shart-sharoitlar yaratiladi. 

Men, haqiqat va adolatni o‘z e'tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni, islohotlarning faol ishtirokchilari, deb bilaman va ular hamisha Prezident himoyasida bo‘ladi. Bu fikrni bugun yana bir bor ta'kidlayman”, – dedi prezident o‘z nutqida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid