Jahon | 22:02 / 02.10.2021
11795
1 daqiqa o‘qiladi

BepiColombo apparati Merkuriy sayyorasi yuzasining suratlarini jo‘natdi

Jo‘natilgan suratlarda sayyora yuzasidagi ulkan kraterlar tasvirini ko‘rish mumkin.

Foto: EPA/Vostock-photo

BepiColombo kosmik apparati Merkuriy sayyorasi yuzasining ilk suratlarini Yerga jo‘natdi. Bu haqda Interfaks Yevropa kosmik agentligiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, apparat shanba kuni ertalab sayyoradan 200 kilometr balandlikda rejalashtirilgan olti parvozdan birinchisini amalga oshirgan. U sayyora yuzasini suratga olgan hamda ilmiy ma'lumotlar to‘plagan. 

Apparat kun davomida ko‘plab suratlar jo‘natishi kutilmoqda.

Jo‘natilgan suratlarda sayyora yuzasidagi ulkan kraterlar tasvirini ko‘rish mumkin.

BepiColombo apparati 2018 yil 20 oktyabrda uchirilgandi.

Ushbu loyiha orqali Merkuriy yuzasi va uning atrofini, sayyora rivojlanishining geologik tarixi va uning sathidagi kimyoviy tarkibni o‘rganish hisoblanadi.

Mavzuga oid