Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zmetkombinat" AJ tomonidan o‘zbek futboli uchun ajoyib tuhfa
Avval xabar berganimizdek, “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan “Metallurg” futbol klubi qoshida Ispaniyaning jahonga mashhur “Real” (Madrid) klubi bilan hamkorlikda professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish uchun “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etildi. 5 oktabr ushbu akademiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning rasmiy qismida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullayev, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi – bosh direktor Rashid Pirmatov, Futbol akademiyasi muassisi Zokirjon Xoliqov, Ispaniyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Karlos Martines, o‘zbek futboli afsonasi To‘lagan Isoqov, Ispaniya terma jamoasi va Real Madridning sobiq futbolchisi va bu mashhur klubning hozirgi elchisi Alvaro Arbeloa, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi.
Ular mamlakatimizda futbolga katta e'tibor ko‘rsatilayotganini alohida ta'kidlab, bekobodliklarni yangi futbol akademiyasi bilan tabrikladilar, Bekoboddagi futbol akademiyasi ishiga omad tiladilar. Jahon chempioni, ikki marta Yevropa chempioni Alvaro Arbeloa, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va “El Golazo" kompaniyasi muassisi Zokirjon Xoliqov birgalikda ramziy tugmani bosib, futbol akademiyasini ochib berishdi. Tantanali ochilish tadbiridan so‘ng barcha akademiyaning binolari, unda bunyod etilgan sharoitlar bilan tanishishga taklif qilindi.
Bu futbol akademiyasi shahrimizdagi bo‘sh turgan sanoat kasb-hunar kolleji binosi o‘rnida tashkil etilgan bo‘lib, maskanda futbolchilarni tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Akademiya uchun ajratilgan binolar eng zamonaviy talablar asosida ta'mirlanib, pardozlandi. Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlandi.
Shundan so‘ng Real Madridning sobiq futbolchisi va bu mazkur klub elchisi Alvaro Arbeloa, "O‘zmetkombinat" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari-ijrochi direktor Dilshod Ahmedov va “El Golazo" kompaniyasi muassisi Zokirjon Xoliqovlar ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani tashkil etildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan anjumanda Akademiya faoliyatiga oid barcha savollarga javob berildi. Anjuman yakunida Alvaro Arbeloa Akademiyada tashkil etilgan Mehmonlar kitobiga o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi. Anjumandan so‘ng Alvaro Arbeloa Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun mahorat darsini o‘tib berdi hamda tarbiyalanuvchilarga o‘zining zarur tavsiyalarini berdi. Tadbir so‘ngida Alvaro Arbeloa davlatimiz rahbarining sportga, ayniqsa futbolni rivojlantirishga bo‘lgan yuksak e'tiborini alohida ta'kidlagan holda, ushbu muhtasham Futbol akademiyasi tashkil topishida o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Akademiyaning ochilish marosimida qatnashganidan mamnunligini ta'kidladi.
Batafsil ma'lumot uchun:
Telegram: t.me/elgolazoacademy
Instagram: instagram.com/el.golazo.academy
Youtube: youtube.com/watch?v=v2YoJ1HvPhQ
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:00 / 22.08.2021
Nima sababdan farzandingiz "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" akademiyasida o‘qishi va shug‘ullanishi kerakligining 5 ta sababi
16:00 / 11.08.2021
«El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation» futbol akademiyasida tahsil olishni istovchilar Toshkent shahridagi ko‘rikka taklif etiladi
16:00 / 04.08.2021