Shavkat Mirziyoyev mansabdorlar sharoiti og‘ir mahallalarda ishlashi zarurligi haqida gapirdi
Kelgusi besh yilda Surxondaryo viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun, davlat hisobidan 50 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda Termizdagi uchrashuv chog‘ida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Endi, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “hokim yordamchilari” lavozimlari joriy etiladi. Buni tushunmagan hokim men bilan ishlolmaydi.
Kerak bo‘lsa, Toshkentda o‘tirgan vazirlar ham mahallaga tushib ishlaydi. Toshkent emas, butun mamlakat - O‘zbekiston. Sharoiti og‘ir mahallani ko‘tarib bersa, har qanday lavozim bo‘lsa beramiz.
Endi har bir mahallaning o‘z budjeti bo‘ladi. Shu orqali ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish vakolatlari hokim yordamchilariga beriladi.
Hokim yordamchilari iqtisodiyot va investitsiya idoralari, hokimiyatda ishlaydigan bilimli va shijoatli yoshlar orasidan tanlanadi. Lavozimga qo‘yishdan oldin, ular 2 oy davomida yangi tizim asosida ishlashga o‘qitiladi.
2-3 yil mahallada fidokorona ishlab, o‘zini ko‘rsatganlarini, kelgusida rahbarlik lavozimlariga tayinlaymiz. Agar ushbu yangi tizim barcha shahar va tumanlarda samarali tashkil etilsa, uch yilda viloyatda ishsizlik va kambag‘allikni keskin qisqartirishga erishiladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Surxondaryo viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun, davlat hisobidan 50 trillion so‘m ajratiladi va jami 320 mingta yangi ish o‘rinlar yaratiladi”, – dedi nomzod.
Mavzuga oid
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024