Odam bor joyda savdo bor! Kun.uz tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi
Kun.uz – tezkor, ishonchli va xolis xabarlar, demakdir. O‘zbekistondagi ommabop va yetakchi sayt barcha tadbirkorlarni yanada faollikka chorlaydi.
Bugun Kun.uz ilovasini mamlakatning chekka hududida yoki dunyoning boshqa burchagida mehnat qiluvchi vatandoshdan tortib, eng yuqori lavozimdagi amaldorlarning telefonidan ham topish mumkin. Ular internet olamida Kun.uz’ni tanlashgan.
Bugun ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning katta qismini egallagan. Kun.uz'ning yutug‘i shundaki, ijtimoiy tarmoqlarning barchasida o‘zbek segmentidagi eng katta auditoriyani to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Saytning doimiy o‘quvchilari soni oyiga 10 milliondan ortiq va sahifalarning o‘qilishi oyiga 30 milliondan ziyodni tashkil etadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang:
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda rus tilida yuritiluvchi sahifalarimizda ham O‘zbekistondagi eng katta auditoriya jam bo‘lgan. Ulardan foydalanib, rus tilidagi reklama va piar maqolalaringizni e’lon qilishingiz mumkin.
Kun.uz bilan biznesingizni rivojlantiring!
Siz yangi ish boshlagan tadbirkor yoki yirik biznes egasimisiz? Business class loyihasi orqali o‘zingiz va biznesingiz haqida ma’lumot bering.
Biz o‘z platformalarimiz orqali Sizning mahsulot va xizmatlaringizni nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo bo‘ylab tanitishga shaymiz.
Maqsadli auditoriya
Mediamakonda reklama joylashda o‘z auditoriyasini aniqlab olish muhim. Kun.uz sizning biznesingiz rivojiga mos keluvchi takliflarni taqdim etadi.
Sport xabarlari erkaklarni qiziqtirishi aniq. Sport xabarlariga bag‘ishlangan Tribuna.uz sayti O‘zbekistondagi yirik sport nashrlaridan biri hisoblanadi. Tribuna.uz’ni ijtimoiy tarmoqlarda: jami 370 mingdan ortiq foydalanuvchilar kuzatib boradi.
Daromad egalari erkaklarning sportga bo‘lgan qiziqishidan unumli foydalaning:
Koronavirus insonlarni salomatlikka jiddiy e’tibor qaratishga majbur qildi. Kun.uz insonlarni sog‘lom hayot sari yetaklaydi va o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan katta auditoriyaga ega.
Tibbiyot sohasiga oid mahsulot va xizmatlaringizni «Sog‘lom hayot» kanali orqali reklama qiling:
Eksklyuziv ko‘rsatuvlarimiz xalq orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ladi. Kreativlik birinchi o‘ringa qo‘yiladigan «Subektiv» loyihasi tez fursatda o‘sishga erishdi va ko‘rsatuvlari jami 3 million martadan ortiq ko‘rildi.
Sizning biznesingizni kreativ ko‘rsatuvlar orqali reklama qilib beramiz:
Kun.uz’da sizning ham o‘z o‘rningiz bo‘lishi mumkin!
Millionlab insonlarning axborot manbayiga aylangan Kun.uz Sizni quyidagi ko‘rinishlarda o‘z kuzatuvchilarining e’tibor markaziga olib chiqa oladi:
- millionlab muxlislar tomonidan olqishlanadigan loyihalarda homiylik orqali;
- hamkorlikda maxsus loyihalar yaratish;
- sayt interfeysida obunachilar faqat sizning reklamangizni eng yorqin talqinda ko‘rishlari;
- xos tadbirlarni o‘zgacha yo‘nalishda yoritish;
- o‘z mahsulotlaringiz haqida mijozlarni xabardor qilish.
Foydalaning:
Shuningdek, Kun.uz’da maxsus, kreativ ruhda tayyorlangan ko‘rsatuvlar orqali o‘z biznesingizni reklama qilishingiz mumkin.
Kun.uz har qanday hamkorlikda tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishoning, bu sizga yuqori samarali natijani beradi. Yangi g‘oyalar, loyihalar va ularni amalga oshirishda qo‘lni qo‘lga beramiz!
Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling:
Mavzuga oid
23:49 / 21.03.2023
SUBeKTIV va Mazza – 2022 yilning eng yaxshi loyihalari
18:08 / 23.02.2023
Kun.uz – O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn nashr - “Yuksalish”
23:07 / 28.01.2023
Kun.uz 2022 yilning “Media lideri” deya e’tirof etildi
15:43 / 11.10.2022