Koronavirus bilan kasallanish darajasi bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlat ma'lum qilindi
Latviya million aholiga koronavirusga chalinish holati bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi. Bundan Jon Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda.
Respublikada koronavirus bilan kasallanish statistikasini Facebook’da Latviyaning Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi bosh epidemiologi Yuriy Perevoshchikov e'lon qilgan.
“Jahon antirekordlari”, deb yozgan mutaxassis va Jon Hopkins universiteti ma'lumotlari aks etgan skrinshotni ilova qilgan.
Ayni vaqtda 1,8 mln aholisi bo‘lgan Latviyada million aholiga haftalik kasallanish darajasi 7679,97 ta holatni tashkil qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Barbados (7125,28 ta holat) va Gruziya (7106,18 ta holat) egallamoqda.
Ta'kidlanishicha, Latviyada kuniga 2 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd etilyapti. Ayni vaqtda respublikada favqulodda vaziyat rejimi amalda, hukumat kasallik tarqalishini to‘xtatish maqsadida yangi cheklovlar kiritishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
00:33 / 09.10.2024
Latviya mudofaa xarajatlarini qoplash maqsadida banklar uchun soliq joriy etadi
22:05 / 05.10.2024
Shvetsiya o‘z harbiylarini Latviyaga yuboradi
15:50 / 01.10.2024
O‘zbekiston va Latviya jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi
01:59 / 30.09.2024