Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs velosipeddan yiqilib öng qölining bilagi va çap qölining barmoğini sindirib oldi, deb xabar beradi Delfi portal.
Ma’lumotlarga köra, köngilsiz hodisa 28 sentabr kuni Rinkeviçs velosayohatga çiqqanida sodir bölgan. Noqulay yiqiliş oqibatida davlat rahbari tibbiy yordamga murojaat qilgan, şifokorlar uning qöli singanini aniqlab, gips boğlagan.
«Velosiped mavsumi yakunlandi. Travmatologiya va ortopediya şifoxonasi jamoasiga u qadar aqlli bölmagan mijozga körsatgan yordami uçun katta rahmat», — deydi prezident.
Rinkeviçsning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça maslahatçisi Martinş Dregerisning jurnalistlarga ma’lum qilişiça, jarohat davlat rahbarining iş jarayoniga ta’sir körsatmaydi, u oldingidek bemalol yozib, hujjatlarni imzolay oladi. Ta’kidlanişiça, Rinkeviçsning keyingi haftadagi kun tartibiga ham heç qanday özgartirişlar kiritilmagan.












