Latviya hukumati mudofaa xarajatlarini qoplaş uçun moliyaviy taşkilotlarga kelgusi uç yil davomida qöşimça soliq joriy etişni qöllab-quvvatladi, deb xabar beradi Bloomberg.
«Uşbu qonun davlatning milliy xavfsizlik sohasidagi moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlaş uçun qöşimça resurslarni topişga yordam beradi», — deydi Latviya moliya vaziri Arvils Aşeradens.
Hisob-kitoblarga köra, banklarning sof foiz daromadlariga ta’sir körsatadigan yangi çoralar 2025 yilda budjetga 93 million yevro, keyingi ikki yilda esa 85 million yevrodan qöşimça mablağ olib keladi. Şu bilan birga, kreditlaş hajmini oşiradigan muassasalar soliq stavkasini pasaytirişlari mumkin böladi.
Qonun loyihasi imzolaniş uçun prezident Edgars Rinkeviçsga yuborilişdan oldin Latviya parlamenti tomonidan ma’qullanişi kerak.
Avvalroq Latviya xavfsizlik nuqtai nazaridan Belarus bilan çegarada kuçaytirilgan nazorat rejimini joriy yil oxirigaça uzaytirgan edi. Köp sonli muhojirlar Belarus-Latviya çegarasi orqali Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirişga urinişda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds 2024 yilda mamlakat mudofaa xarajatlarini YaIMning 3 foiziga yetkazişini ma’lum qilgandi.












