Noqonuniy migrantlar ommaviy ravishda Belarusdan Polshaga o‘tishga tayyorlanayotgani xabar qilindi
2021 yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq migrant ikki mamlakat chegarasini kesib o‘tishga uringan.
Polsha hukumati noqonuniy migrantlar Belarus tomondan chegaraga hujum qilishga tayyorlanayotganini qayd etdi. Bu haqda Polsha maxsus xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazirning matbuot kotibi Stanislav Jarin ma'lum qildi.
“Chegaradan juda xavotirli xabar. Belarusda, Polsha chegarasi yaqinida migrantlarning yirik guruhi to‘plandi. Ular Polsha chegarasi tomon harakatlanmoqda. Ular ommaviy ravishda Polshaga o‘tishga urinmoqchi”, – deb yozdi u Twitter sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh asosan yosh erkaklardan iborat.
“Polshaga kuch bilan bostirib kirishga urinish boshlandi”, – deb qo‘shib qo‘ydi u.
2021 yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq migrant ikki mamlakat chegarasini kesib o‘tishga uringan. Polsha Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy etgan va chegarada tikanli simdan iborat to‘siq qurmoqda.
Mavzuga oid
23:23 / 03.09.2024
Belarusda olimlar internetdan ro‘yxat bo‘yicha foydalanishga o‘tadi
23:43 / 28.08.2024
Shvetsiya 2020 yilgi namoyishlarda qatnashgan Belarus fuqarosiga boshpana bermadi. U vataniga deporatsiya qilingan zahoti qo‘lga olindi
20:54 / 18.08.2024
Lukashenko Belarus Ukraina bilan chegaraga o‘z armiyasining katta qismini joylashtirganini ma’lum qildi
19:05 / 02.09.2023