Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday LG OLED sizga mos keladi?
Zamonaviy televizor – nafaqat teleefirlarni qabul qilish uchun tyunerli oddiy devays emas, balki endilikda u uy kinoteatri asosi, qulay veb-syorfing uchun katta displey, geymerlar uchun monitor hamda intererni bir qismiga ham aylandi. Agarda siz sifatli tasvir va kuchli ovozga ega munosib modellarni izlayotgan bo‘lsangiz, yangi LG OLED televizorlariga e'tibor qaratishingizni maslahat beramiz.
LG OLED ekranlarining asosiy farqi – bu o‘z-o‘zini yorituvchi piksellar bo‘lib, chuqur qora rangni hosil qilishga qodir hamda har bir rang asl tasvir rangi bilan to‘liq mutanosib bo‘lgan 100 foiz yorug‘lik uzatish aniqligini ta'minlaydi. Shu tariqa suratning yuqori sifati va panelning minimal qalinligi intereringizda katta o‘rinni egallamaydi.
OLED televizorlarining rang-barang turlari tufayli siz doimo kerakli modellarni tanlash imkoniga egasiz. Tez orada O‘zbekistonda quyidagi modellar paydo bo‘ladi: 65 dyuym diagonalli LG G1, 55-77 dyuym diagonalli LG C1 va 55 dyuym diagonalli LG A1 televizorlari. Xarid davomida to‘g‘ri tanlov qilish uchun, keling birgalikda ular bir-biridan qanday farq qilinishini qo‘rib chiqamiz.
LG OLED G1
Birinchi o‘rinda, ushbu modelda OLED-televizorlari evolyutsiyasida yangi qadam deb atash mumkin bo‘lgan OLED evo yangi texnologiyasi mavjudligini qayd etib o‘tish kerak. U maksimal yorqinlikni 20 darajaga kengaytirishga imkon beradi. Yangi Alpha 9 to‘rtinchi avlod (α 9 Gen 4 AI) protsessori bilan birgalikda u tasvirning yaxshilangan qayta ishlanmasi hamda qoyilmaqom detallashtirishni ta'minlab beradi va tomosha qilish jarayonidan oladigan taassurotlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Uy kinoteatrini olishni niyat qilganlarga bu modelni o‘rganib chiqishni tavsiya qilamiz.
Uning yana bir inkor qilib bo‘lmas afzalligi shundaki, LG G1 Gallery butunlay tekis orqa panelli qalinligi bor-yo‘g‘i 2 santimetr bo‘lgan ultra nozik ekranga ega. Bu tufayli u xuddi chiroyli kartinani yaratib, butun xonaga joziba bag‘ishlagan holda devorga ideal tarzda mos tushadi. Televizor to‘plam ichida birga keluvchi maxsus kronshteyn yordamida qoqiladi.
LG OLED S1
C1 seriyali televizorlarda shuningdek α 9 Gen 4 protsessori mavjud. Tasvir va ovozni qayta ishlash sun'iy intellekt yordamida avtomatik tarzda amalga oshadi. Al Picture Pro texnologiyasi kontentni taniy oladi, shovqin darajasini pasaytiradi va kontrastni optimallashtiradi, bu esa o‘z navbatida LG televizorlarining hattoki eng katta ekranlarida ham yanada tiniq va detallashtirilgan tasvirni yaratishga imkon beradi.
LG OLED C1 yangi o‘yin funksiyalari hamda VRR, ALLM va eARCni o‘qiy olishi tufayli videoo‘yinlar uchun to‘g‘ri keladi va HDMI 2.1 so‘nggi spetsifikatsiyalariga to‘liq mos tushadi. C1 va G1 modellari – bu o‘yinlarning ajoyib sifatidan bahra olishga imkon beradigan 120 Gs chastotasi ostida 4Kda Dolby Vision® HDR texnologiyalarini ko‘taruvchi dunyodagi birinchi televizorlardir. Shuningdek, klik vaqti 1 ms bo‘lib, bu esa o‘yin vaqtida kontrollerning har bitta tugma bosishiga bir zumda ta'sir ko‘rsatishga yordam beradi. Bu o‘z navbatida raqobatchilardan munosib ustunlik qilishni ta'minlaydi va g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatni yanada oshiradi.
LG OLED S1 televizorlarini bir so‘z bilan kinosevarlar va geymerlar uchun eng optimal tanlov deb atash mumkin.
LG OLED A1
LG 4K OLED-televizorlarining kichik seriyalariga A1 modeli kiradi. Bu hech bir shak-shubhasiz, yuqorida qayd etilgan modellar ichida eng hamyonbop devaysdir: tuganmas kontrastlik, ideal qora rang, ajoyib tasvir burchaklari va yorqinlik.
A1 seriyasi bliklarga qarshi yaxshi qoplamaga ega bo‘lib, bu ko‘plab chiroq manbalari bo‘lgan xona sharoitida asosiy afzallikni beradi.
LG OLED A1 asosida 4K avlodiga mansub a7 Gen4 intellektual protsessori joylashgan bo‘lib, ma'lum bir kontent vaqtida ekran sozlanishi hamda atrofdagi muhitning yoritish holatini optimallashtiradi. Bu esa ekranda sodir bo‘layotgan kadrlarga mutlaqo yangicha darajada sho‘ng‘ishga yordam beradi.
Agarda sizga yorqinlik yetishmasa, LG OLED televizorlari sizning olamingizni yanada yorqinroq, intereringizni esa yanada zamonaviyroq va bejirim qiladi. Umid qilamizki, ushbu tasniflar sizlarga foydali bo‘ldi va do‘konga kelganingizda endi siz haridingizni katta ishonch bilan amalga oshirasiz.
Sayt: lg.com/uz/oled-televisions
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:10 / 25.05.2022
Shunchaki televizor emas: LG OLED G1 bilan san’at, o‘yin va kinodan bahra olish imkoniyati
08:56 / 16.01.2017
LG kompaniyasining “Devordagi tasvir” dizaynli W7 seriyasidagi SIGNATURE televizori CES 2017 ko‘rgazmasida «Yaxshilar ichra eng yaxshisi» maqomi bilan taqdirlandi
08:12 / 11.01.2017
LG 2017 yilda NANOCELL texnologiyasi asosidagi SUPERUHD televizorlari bilan yangi ufqlarni ochmoqda
11:11 / 14.12.2016