13 noyabr kuni bir sutkada 9458 bemor aniqlangan bo‘lsa, 20 noyabr kuni 17 153 kishida infeksiya aniqlangan.
Fransiyada koronavirusning beshinchi to‘lqini «yashin tezligida» boshlandi, dedi hukumat vakili Gabriel Attal.
Uning ta'kidlashicha, kasallanishlar soni bir haftada qariyb 80 foizga o‘sgan.
20 minutes portalining yozishicha, 13 noyabr kuni bir sutkada 9458 bemor aniqlangan bo‘lsa, 20 noyabr kuni 17 153 kishida infeksiya aniqlangan. Ilgari bunday o‘sish uch haftada kuzatilgandi.
«Kasallik yuqtirishlar tez o‘sayotganini ko‘ryapmiz, ammo Fransiyada vaksinatsiya ham keng miqyosda olib borilmoqda», — dedi hukumat vakili.
Avvalroq Avstriyada dushanba kunidan boshlab to‘liq lokdaun joriy etilishi xabar qilingandi.