Fransiyaning dengiz ortidagi hududi bölmiş Yangi Kaledoniyada bir haftadan buyon ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Bunga fransuz parlamentining oroldagi mahalliy saylovlarda metropoliyadan kelganlarga ovoz beriş huquqini taqdim etiş töğrisidagi qarori sabab böldi, mahalliy aholi vakillari buni Parijning arxipelagdagi ta’sirini kuçaytiriş hamda ularga mustaqillikka erişişga yöl qöymaslikka uriniş sifatida baholamoqda. Fransiya Yangi Kaledoniyada favqulodda holat e’lon qilgan — va kutilmaganda Ozarboyjonni norozilik namoyişlarini taşkillaştirişga aloqadorlikda ayblagan.

Yangi Kaledoniya qanday joy özi?

Yangi Kaledoniya — Tinç okeanida şu nomdagi katta orol hamda uning atrofidagi bir qança kiçik orollardan iborat arxipelag bölib, Avstraliyaning şarqiy sohillaridan taxminan bir yarim ming kilometr masofada, yaşil qit’a va Fidji orollari örtasida joylaşgan. Avvaliga fransuz hukumati bu hududdan mahbuslarni saqlaş joyi sifatida foydalangan: 1864 yildan 1897 yilga qadar bu yerga 22 ming atrofida jinoyatçi yuborilgan. XIX asrda bu yerdagi asosiy mahalliy aholi — kanaklar (Melaneziya xalqlaridan biri) bir neça bor isyon kötargan.

Bugungi kunda orol aholisi — 300 ming kişi atrofida. Şundan 40 foizdan ortiğini (112 ming kişi) kanaklar taşkil etadi, yana 25 foizga yaqinini — yevropaliklar, qolgan qismi — metislar va boşqa xalqlar vakillaridan iborat. Yangi Kaledoniyada xrom, kobalt, molibden va oltin, şuningdek nikel qazib olinadi, uning zaxiralari böyiça Yangi Kaledoniya dunyoda Indoneziyadan keyingi ikkinçi örinda turadi.

Yangi Kaledoniya Fransiyadan muxtor avtonomiya bölsa-da, köp masalalarda, jumladan mudofaa va ta’lim masalalarida unga jiddiy qaram. U şuningdek Parijdan katta subsidiyalar oladi.

Yangi Kaledoniyaning asosiy şahri Numeaning havodan körinişi
Ariel Fuchs / Gamma-Rapho / Getty Images

Yangi Kaledoniya rasman «maxsus maqomga ega ma’muriy-hududiy birlik» sifatida Fransiya tarkibiga kiradi. Bunday alohida maqom 1998 yilda kanaklarning mustaqillik uçun yigirma yil davom etgan qurolli kuraşidan keyin fransuz qonunçiligida mustahkamlab qöyilgan. Unga köra, Yangi Kaledoniya Fransiya tarkibida qolgan, ammo Parij 20 yildan keyin mustaqillik böyiça kamida uçta referendum ötkazilişini kafolatlagan. Referendumlar 2018, 2020 va 2021 yillarda ötkazildi — uç safar ham saylovçilarning köpçilik qismi (56 foiz, 53 foiz va 95 foizdan) mustaqillikka qarşi ovoz berişgan.