
Foto: Reuters
Avstriya kansleri Aleksandr Shallenberg lokdaun hozircha 20 kunga joriy etilgani, 2022 yil 1 fevralidan boshlab mamlakatda emlanish majburiy bo‘lishi haqida aytdi.
Rasmiylar yangi kasallanish holatlarining rekord ko‘rsatkichi hamda g‘arbiy Yevropadagi eng past emlanish darajasi sababli ana shu qadamni qo‘ydi.
“Biz beshinchi to‘lqinni istamaymiz”, — dedi Shallenberg o‘z qarorini tushuntirarkan. So‘nggi hafta ma'lumotlari shuni ko‘rsatdiki, kasallanish darajasi 100 ming kishiga 990ta holatni tashkil qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri Volfgang Myukshteyn bu raqamlar bilan karantinni joriy etish zaruriy choraga aylanganini aytdi.

Foto: Reuters
Avstriyaliklar yana uyda qolib ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari qolgan barcha do‘konlar yopiladi. Maktablarga faqat ayrim sabablarga ko‘ra masofadan ta'lim ololmaydigan va maktabga borib o‘qishga ehtiyoji borlargina kelishadi.
Ana shunday qoidalar 12 dekabr kunigacha amal qiladi, biroq ular 10 kundan keyin qayta ko‘rib chiqiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy direktori Hans Klyuge qish og‘ir bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
U Yevropada yuqumliroq delta varianti tarqalishi ijtimoiy masofa va niqob taqish kabi profilaktika choralaridan voz kechilgani fonida emlanish hali ham past darajada qolayotganini aytib o‘tdi.
Germaniya: favqulodda holat va Rojdestvo so‘roq ostida



















