14 may, seşanba kuni Fransiya şimolidagi Er departamenti Ruan şahridan mahbusni olib ketayotganda qamoqxona yuk maşinasiga qurolli hujum uyuştirilgani oqibatida ikki qamoqxona xodimi halok böldi. Fransiya rasmiylariga köra, qöş qotillik mahalliy vaqt bilan soat 11:00 lar atrofida Normandiya yölidagi pul tölaş joyi yaqinida sodir bölgan.

Furgonga bir neça kişi öqotar qurollar bilan hujum qilgan, mahbus va noma’lum şaxslar qoçişga muvaffaq bölgan. Rasmiylarning aytişiça, hujumçilar Audi va BMW avtomobillarida bölgan. Hujum sodir bölganidan köp ötmay yoqib yuborilgan maşinalardan biri topilgan, uning topilgan joyi aniqlaştirilmagan.

Le Figaro gazetasining politsiyadagi manbasi dastlab uç nafar zobit ölganini xabar qildi, keyinroq rasmiylar ikki qurbon bölganini aniqlaştirdi. Fransiya adliya vaziri Erik Dyupon-Morettining aytişiça, yana uç kişi jiddiy jarohat olgan. «Mening barça öy-xayollarim qurbonlar, ularning oilalari va hamkasblari bilan», deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida. Tergovçilar fikriça, qurbonlardan biri öta oğir ahvolda. Şuningdek, hujumçilardan biri yaralangani xabar qilinmoqda. 

Fransiya prezidenti hujumga munosabat bildirdi

«Qamoqxona xodimlarining ölimiga sabab bölgan bugungi hujum barçamizni hayratda qoldirdi», — deya yozdi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmoğida. «Jinoyatçilarni qölga oliş kerak», — deya qöşimça qildi Fransiya rahbari. 

BFM TV telekanaliga köra, qoçgan mahbus 30 yoşda. Bir neça kun oldin u Evryo çekkasidagi supermarket va dökonlardan bir qator öğirliklar sodir etgani uçun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Erkak, şuningdek, Sent-Eten-dyu-Ruvre şahrida qotillikka urinişda va 2022 yil iyun oyida Marselda qasddan odam öldirişda ayblanmoqda.

Adliya vazirligi rahbari hujumdan söng darhol tezkor guruh yiğdi. Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen bir neça yuzlab politsiyaçini safarbar qilişga buyruq berdi. 200 ga yaqin politsiyaçi qoçib ketganlarni qidirişda iştirok etmoqda, deya aniqlik kiritdi AFP agentligi.