08:30 / 06.12.2021
2205

Qoraqalpog‘istonda jayron ovchilari qo‘lga olindi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Qoraqalpog‘istonda navbatdagi jayron ovchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Ekoqo‘mitaning Taxtako‘pir va Qorao‘zak tuman inspeksiyalari tomonidan ekologik tezkor reyd tadbirlarida jayron ovchilari ushlangan.

Qayd etilishicha, ushbu reyd tadbiri davomida Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan 1 dona jayron hamda tegishli ruxsatsiz 10 dona quyon ovlanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin To‘rtko‘l va ellikqal'alik ovchilar Taxtako‘pirda 2 ta jayronni o‘ldirishgandi.

Mavzuga oid
Top