08:11 / 22.12.2021
1450

Qoraqalpog‘istondagi maktab ta’mirlanishida 137 mln so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

Foto: Kun.uz

Nukus tumanidagi 2 ta maktab ta’mirlanishida 137 mln so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda "Huquq" gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Nukus tumani bo‘limi o‘tkazgan tekshirishda 137 mln so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlangan.

Gap shundaki, 2021 yili Nukus tumani xalq ta’limi bo‘limi, «Bayterek-Aqmang‘it» va «Ulli keleshek qurilis» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari o‘rtasida tumandagi 1- va 7-maktablarni ta’mirlash yuzasidan 1 mlrd 42 mln so‘mlik shartnoma imzolangan.

Shartnomaga asosan maktablar ta’mirlangan. Ammo ish yakuniga yetganidan so‘ng tuman xalq ta’limi bo‘limi va MChJlarning mansabdorlari ta’mirlash ishlari lozim darajada bajarilmagan bo‘lishiga qaramasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumot kiritgan. Ushbu jinoiy harakat oqibatida esa 137 mln so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan xalq ta’limi bo‘limi va nomi keltirilgan jamiyatlarning mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan ularning har biriga qonuniy jazo choralari qo‘llandi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limiga o‘quvchilar hamda o‘qituvchilardan majburiy ravishda a’zolik badali yig‘ilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Top