Qoraqalpoğiston Respublikasi, Nukus şahridagi közi ojizlar kutubxonasi ma’muriy binosini yangidan quriş va jihozlaş böyiça amalga oşirilgan qiymati 10,4 mlrd sömlik pudrat işlarida 530,4 mln sömlik iş haqiqatda bajarilmagan bölsa-da, hisobotlarga qöşib yoziş yöli bilan budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinişiça, şuningdek, kutubxonani jihozlaş maqsadida ajratilgan 2 ta Brayl printeri uçun 90 mln söm va 1 ta ovoz yoziş studiyasi uçun 50 mln söm mablağ ham özlaştirib yuborilgan. Oqibatda köriş qobiliyatida nuqsoni bor şaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan ta’minlaş imkoni çeklangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ta’kidlanişiça, hozir tergov harakatlari olib borilib, yetkazilgan zararni qoplaş çoralari körilmoqda.













