Jahon | 00:01 / 24.12.2021
3760
1 daqiqa o‘qiladi

Tencent kompaniyasi JD.com onlayn-riteylerdagi ulushini 16,4 milliard dollarga sotdi

Xitoyning Tencent Holdings internet-giganti JD.com onlayn-riteyleridagi ulushining asosiy qismi – 457 mlnta aksiyani 16,4 mlrd dollarga sotishini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Kompaniya bu aksiyalar bilan o‘z aksiyadorlariga maxsus dividendlarni to‘laydi. Tencent’da ta’kidlanishicha, JD.com unga kompaniyaning moliyaviy ko‘magi kerak bo‘lmaydigan darajagacha o‘sgan.

Tencent o‘z ulushini sotishini e’lon qilgandan keyin JD.com’ning aksiyalari narxi Hongkong birjasida 7,6 foizga arzonlashib ketgan.

Internet-gigant onlayn-riteylerning eng yirik aksiyadorlaridan biri bo‘lgan, unga JD.com’ning 17 foiz aksiyasi tegishli bo‘lgan. Endi esa ular 2,3 foizgacha qisqargan.

Bernstein tahlilchilarining fikricha, Tecnent’ning JD.com’dagi ulushini sotish qarori Xitoy mutasaddi idoralari tomonidan texnologik kompaniyalarga bosim oshayotgani bilan bog‘langan. Ular kompaniyani monopoliyada ayblashmoqda. Kompaniya o‘z ulushini sotish orqali o‘zi uchun xatarlarni kamaytirmoqchi bo‘lmoqda.