O‘zbekiston | 09:00 / 30.12.2021
13752
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

BISCOLATA'ning bolajonlarga bayram hadyasi

Foto: BISCOLATA

Yangi yil bayrami arafasida kunlar doim bayramona tuyg‘ularga to‘ladi. Har tarafdan quvnoq yog‘duli chiroqlar va yangi yilning rang-barang chambarlari ko‘zlarimizni quvnatadi va havoda mandarin hidi taraladi.

Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, Turkiya, Yevropa va Yaqin Sharqda yetakchiligi tan olingan, Turkiyaning “BISCOLATA” savdo belgisi Toshkent shahrining tuman sektorlari bilan hamkorlikda an’anaviy ravishda har yili tashkil etiladigan Mehribonlik uylaridan birining tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklaydi. O‘tgan yili bu tadbir A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyida bo‘lgan edi.

Foto: BISCOLATA
Foto: BISCOLATA
Foto: BISCOLATA

Bu yil 29 dekabr kuni Yashnobod tumanidagi 30-sonli Yordamchi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tabrigi xayriya aksiyasi tadbiri o‘tkazildi. Aksiya bevosita “BISCOLATA” savdo belgisi rahbari Gaziyev Komil Akmalovich hamda 2-sektor bilan xamkorlikda, Yashnobod tumani prokurorining katta yordamchisi Fattaxov Alisher Farhodovich ko‘magida tashkil etildi va o‘tkazildi.

Foto: BISCOLATA
Foto: BISCOLATA
Foto: BISCOLATA
Foto: BISCOLATA

Tashkilotchilar bolajonlarni samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq va kelgusi yilga muvaffaqiyatlar tiladilar, shuningdek, ularga “BISCOLATA” savdo belgisidan shirinliklarga to‘la sovg‘alarni topshirdilar.

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish