Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gazdan qarzi bor xonadonlar tarmoqdan vaqtincha uzilmaydi
«Hududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti uzilishi bilan bog‘liq vaziyatda iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» xabar qilmoqda.
«Xonadoningizdagi hisoblagich o‘chirilgan bo‘lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o‘chiring, so‘ngra markaziy ko‘k Enter tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting.
Gaz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, siz gaz ta’minoti tashkilotining 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:41 / 06.03.2026
Gaz uchun to‘lovlar belgilanganidan ko‘p hisoblanyapti. «Hududgazta’minot» izoh berdi
17:49 / 12.12.2025
Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
19:17 / 12.10.2025