Tailandda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlar reytingida o‘zbekistonliklar yetakchilik qilmoqda
Tailandda 2022 yilning 1 yanvaridan 23 yanvarigacha bo‘lgan davrda koronavirus bilan kasallangan xorijlik sayyohlar hisoblab chiqildi, ular orasida o‘zbekistonliklar tashrif buyurganlarning 11,6 foizini tashkil etadi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar esa eng kam kasallik yuqtirib olgan - tashrif buyuruvchilar umumiy sonining 1,18 foizi.
Turoperatorlarning fikriga ko‘ra, test ijobiy bo‘lgan taqdirda, qo‘shimcha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi tadqiqotni o‘tkazish kerak. Phuketda bitta PZRning narxi 2000 - 4300 bat (672 000 - 1 430 000 so‘m) darajasida. Samuida tariflar biroz pastroq.
Agar ikkinchi test natijasi musbat bo‘lsa, karantinga joylashishga to‘g‘ri keladi. Buni ham hozircha o‘z hisobidan to‘lash kerak, chunki standart tibbiy sug‘urta maxsus mehmonxonada yashash narxini qoplamaydi.
Biroq 1 fevraldan o‘zbekistonliklar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan Test & Go dasturi qayta joriy etilganidan so‘ng, Tailandning o‘zidayoq keng qamrovli tibbiy sug‘urta olish mumkin bo‘ladi.
Mutaxassislar sayohatni bekor qilish sug‘urtasini sotib olishni va jo‘nashdan oldin kasallik belgilari sezilsa, sayohat kunlarini kechiktirishni tavsiya qilyapti.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024