Tailandda timsoh boqiş bilan şuğullanuvçi fermer mamlakatga yopirilgan tayfun sabab yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan 100 dan ortiq reptiliyani öldirişga majbur böldi, deb yozadi CNN.
Qayd etilişiça, 37 yoşli Nattapak Kumkad Tailand şimolidagi Lampun provinsiyasida timsoh boqiladigan ferma egasi. U özining siam timsohlariga yangi boşpana qidirayotganida volerni himoya qilib turgan devor qulaş xavfi ostida ekanini payqab qolgan. Ammo ayrimlarining uzunligi 4 metrga yetadigan timsohlarni boşqa joyga köçirişning imkoni yöq edi.
Nattapakning sözlariga köra, fermer timsohlar taşqariga çiqib ketmasligi uçun 22 sentabr kuni ularning 125 tasini öldirgan. «Hayotimdagi eng qiyin — ularning barçasini öldiriş qarorini qabul qilişimga töğri keldi. Oilam bilan agar devor qulasa insonlarga tuğiladigan xavfni nazorat qila olmasligimizni muhokama qildik. Bu odamlar hayoti va jamoatçilik xavfsizligiga taalluqli edi», — deydi u.
Joriy yilda kuzatilgan eng kuçli «Yagi» töfoni Xitoy va Janubi-Şarqiy Osiyo hududidan ötib, köplab vayronagarçiliklarni yuzaga keltirdi. Yoğingarçilik oqibatida Tailand şimolini suv bosdi.
Nattapakning aytişiça, uning fermasi 17 yildan beri faoliyat yuritadi va yomğirlar mavsumidan doim eson-omon çiqqan, ammo joriy yilgi yoğingarçilik timsohlar uçun möljallangan akvarium devorlarini nuratib yuborgan.
«Men 24 soatdan kamroq vaqt içida qaror qabul qilişga majbur böldim», — deydi Nattapak. Fermerning qöşimça qilişiça, u timsohlarni elektr toki yordamida öldirgan.
Ma’lumotlarga köra, timsoh köpaytiriş bilan şuğullaniş serdaromad iş hisoblanadi: mamlakatda röyxatdan ötgan 1,1 mingta tijoriy ferma har yili 215 million dollar foyda keltiradi.

















