Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddan O‘zbekistonga sayohatchilarni jalb qilish uchun maxsus turistik paketlar ishlab chiqiladi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Tailandning mamlakatdagi faxriy konsulini qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Tailandning mamlakatdagi faxriy konsuli Zafar Ergashev bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda 2024 yil 19-25 iyul kunlari Tailand tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Busadi Santipitaks boshchiligidagi Tailandning yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Tailandning boy tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan, Tailanddan O‘zbekistonga sayohatchilarni jalb qilish uchun maxsus turistik paketlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026