«UzBuild» O‘zbekiston qurilish sanoatining flagmani an’analarini davom ettirmoqda
O‘zbekiston qurilish sanoatining yetakchi ko‘rgazmasi, UzBuild 2022, Iteca Exhibitions kompaniyasining bahorgi ko‘rgazma mavsumini ochmoqda. Quvonchlisi shuki, ko‘rgazma o‘zining an’anaviy maydoni – «O‘zekspomarkaz» MKMda 2022 yil 1 martdan 4 martga qadar bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yillardagidek, «UzBuild» yana bir bor professionallarga keng ekspozitsiya va qurilish materiallari va texnologiyalari assortimentini taqdim etadi hamda mazmunli muzokaralar va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi biznes platformaga aylanadi.
Bugungi kunga qadar 19 mamlakatdan 180dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z ishtiroklarini tasdiqladilar: Avstriya, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandlar, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Finlandiya va Fransiya.
Ko‘rgazmaga qulay va xavfsiz tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘ting: http://bit.ly/UB_Kun
Bugungi kunga qadar onlayn tarzda 3000ga yaqin soha mutaxassislari ro‘yxatga olindi.
«UzBuild» ko‘rgazmasining xalqaro maqomi 146 ta xorijiy kompaniyaning ishtiroki bilan tasdiqlangan, bu raqam eksponentlar umumiy sonining 82 foizini tashkil etadi.
Birinchi beshlik (top 5) xorijiy davlatlar qatoriga Turkiya (70 ta kompaniya), Rossiya (28 ta kompaniya), Germaniya (19 ta kompaniya), Italiya (8 ta kompaniya) va Hindiston (6 ta kompaniya) kirdi.
Turk milliy ekspozitsiyasi ko‘rgazma ishtirokchilari – qurilish uskunalari, texnikasi, qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchilari soni bo‘yicha sharsiz yetakchilik qilmoqda.
Germaniya milliy stendi ham qurilish texnikasi sohasidagi yangiliklar va ishlanmalar, ya’ni payvandlash uskunalari, beton bloklar ishlab chiqarish liniyalari, yo‘l belgilarini belgilash texnikasi va boshqalarni taqdim etadi.
Rossiya Federatsiyasi Moskva, Omsk, Ulyanovsk va Tyumen viloyatlari, shuningdek, yirik eksportchi kompaniyalar jamoaviy stendlari tarkibida texnika, asboblar va interer yechimlarining keng assortimentini taqdim etadi.
Hindiston milliy ekspozitsiyasining, keramika va pardozlash toshlari ishlab chiqaruvchilarining ishtiroki debyut bo‘ladi.
Soha mutaxassislari diqqatiga – "Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2022" ixtisoslashgan bo‘limi. An’anaviy tarzda, u ochiq maydonda joylashgan va mutaxassislarning yuqori e’tiborini qozonadi. Ekspozitsiya ishtirokchilari eng so‘nggi rusumdagi maxsus texnika, butlovchi qismlar, yo‘l qurilishi, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun uskunalar va ko‘plab boshqalarni namoyish etadi.
«UzBuild» ko‘rgazmasi tarixida ilk bora O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining (MTRK) sayyor studiyasi faoliyat yuritadi. Studiya «Atrium» zali, M-1 stendida joylashgan bo‘lib, ko‘rgazmadan reportajlar, ko‘rgazma ishtirokchilari va ekspertlar bilan suhbatlar va intervyularni jonli efirda olib boradi. Tadbir yoritilishi "O‘zbekiston 24" va "Toshkent" telekanallarida amalga oshiriladi.
Ko‘rgazmaning ish dasturi doirasida 2022 yilning 2-3 mart kunlari 3-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – «ICCI 2022» bo‘lib o‘tib, u davlat tuzilmalari, tegishli uyushmalar va ittifoqlar vakillari, qurilish bozorining mutaxassislarini sanoatning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi.
Shuningdek, 2022 yilda «UzBuild» ko‘rgazmasida ilk marotaba «Turkish Airlines» rasmiy aviakompaniyasi mavjud bo‘lib, u barcha ishtirokchilar va tashrifchilarga maxsus chegirmalar taklif etadi.
Ko‘rgazma va anjumanning bosh homiysi – KOC Construction (Turkiya) / PIRAMIT
Voqea tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Group.
Ko‘rgazma Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha tadbirlari singari O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me’yor va qoidalari talablariga qat’iy muvofiqlikda o‘tkaziladi.
Sayt: www.uzbuild.uz
Reklama huquqi asosida