08:38 / 25.02.2022
2319

Qoraqalpog‘istonda yangi futbol klubi tuzildi

Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Aral» klubi tashkil qilindi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: Aral

Qayd etilishicha, yangi klub Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tashabbusi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi qo‘llab-quvvatlashi bilan ochilgan.

Ta’kidlanishicha, «Aral» jamoasi o‘z o‘yinlarini O‘zbekiston chempionatining birinchi ligasida boshlashi kutilmoqda.

Hozircha jamoa tarkibiga qaysi futbolchilar jalb qilingani, bosh murabbiyi kimligi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Pro-Liga 2022 qur’asi yakuniga ko‘ra, «Aral samali» klubi 1-turni mehmonda Urganchning «Xorazm» klubiga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. «Amudaryo derbisi» 6 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bundan oldin «Aral samali»da yangi rahbar ish boshladi. Jamoaga xorijdan yangi murabbiylar kelishi ma’lum qilingandi.

Top