Jahon | 21:05 / 05.03.2022
56578
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda Rossiya bilan muzokara o‘tkazgan birinchi delegatsiya ishtirokchisi o‘ldirildi - OAV

Qayd etilishicha, Denis Kireyev davlatga xiyonatda gumon qilingan.

Foto: RIA Novosti

Kiyevda  Rossiya bilan muzokara o‘tkazgan birinchi delegatsiya ishtirokchisi Denis Kireyev o‘ldirildi, deb xabar berdi Ukraina OAV.

«Strana.ua» manbalari qotillik qay tarzda amalga oshirilganiga aniqlik kiritmagan. UNIAN Kireyev Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirilganini yozmoqda. OAVning yozishicha, Denis Kireyev davlatga xiyonatda gumon qilingan.

Kireyev Viktor Yanukovich davridagi bosh vazir o‘rinbosari Andrey Klyuyevga yaqin odam hisoblangan, deb yozmoqda «Strana.ua». Denis Kireyev bank sohasida ishlagan.

Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining birinchi muzokarasi 28 fevral kuni Belarusning Gomel oblastida o‘tkazilgandi. Ukraina delegatsiyasi tarkibidan olti kishi, jumladan, Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov va «Sluga naroda» fraksiyasi raisi David Araxamiya o‘rin olgandi. Denis Kireyevning ismi tilga olinmagan.

Mavzuga oid