Iqtisodiyot | 17:35 / 15.03.2022
25494
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?

2021 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining 34,5 foizini 1 mln so‘mgacha, 24,1 foizini 2 mln so‘mgacha, 24,7 foizini 4 mln so‘mgacha, 5,7 foizini 5 mln so‘mgacha, 11 foizini 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarni e’lon qildi.

2021 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining katta qismini (34,5 foiz) 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar tashkil etmoqda – 1 mln 616,8 ming kishi. Taqqoslash uchun, 2020 yilning noyabr oyida bu raqamlar 1 mln 769,6 ming kishiga (40 foiz) teng bo‘lgan.

2 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 3 foizga kamaygan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 27,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa (1 mln 199,5 ming kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida bu 24,1 foizgacha (1 mln 130,1 ming kishi) qisqargan.

4 mln so‘mgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa 2,4 foizga oshgan. Xususan, 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 22,3 foizni (987,2 ming kishi) tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilning noyabr oyida 24,7 foizga (1 mln 157,4 ming) ko‘paygan.

Bundan tashqari, 5 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni ham ortgan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa (162,4 ming kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida 5,7 foizga (268,4 ming kishi) yetgan

5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar soni ham o‘sgan. 2020 yil noyabr oyida 6,9 foiz (304,2 ming kishi), 2021 yil noyabr oyida 11 foiz (513,2 ming kishi).

2020 yilning noyabr va 2021 yilning noyabr oylari oralig‘idagi ish haqi darajasining dinamikasi

Ma’lumot uchun, 2021 yilning noyabr oyi yakunlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilar soni 4 mln 685,9 ming kishini tashkil etdi, ulardan 42,6 foizi – budjet, 57,4 foizi – nobudjet tashkilotlar xodimlaridir.

Avvalroq, O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid