O‘zbekiston | 11:59 / 24.03.2022
16177
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oziq-ovqat sanoati innovatsiyalari UzFood 2022 ko‘rgazmasida

Foto: UzFood

29-31 mart kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda “Oziq-ovqat, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2022” 21-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ekspozitsiya ikkita markaziy pavilonda (№ 1 va 2), shuningdek, ko‘rgazma majmuasining «Atrium» zalida ochiladi.

UzFood yigirma yildan beri O‘zbekistonda oziq-ovqat va ichimliklarning keng assortimentini ishlab chiqarishning to‘liq siklini, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, qadoqlash va saqlash sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalarni namoyish etish uchun samarali biznes platformadir.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun https://bit.ly/UF_Kun veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting.

Ko‘rgazmada Belarus, Belgiya, Bolgariya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Litva, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Shveytsariya va Shri-Lanka kabi 25 mamlakatdan 140 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Bu yilda e’tiboringiz uchun keng turdagi uskunalar taqdim etiladi: kichik va yirik novvoyxonalar uchun non mahsulotlarini pishirish, muzlatish va sinovdan o‘tkazish uskunalari, go‘shtni qayta ishlash mashinalari, sutni qayta ishlash uskunalari, sharbat, yogurt ishlab chiqarish, qadoqlash va markalash uskunalari, iste’mol qilinadigan va qilinmaydigan suyuq mahsulotlarni qadoqlash, urug‘lar, yong‘oqlar, sneklar qovurish uchun uskunalar va hokazo.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar e’tiboriga turli xil tayyor mahsulotlar, xususan: qo‘shimchalar va ingrediyentlar, sut mahsulotlari, quruq sut, sariyog‘, makaron, baliq mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, sharbatlar, nektarlar, mevali ichimliklar, go‘sht mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, zaytun, zaytun moyi, don mahsulotlari , qandolat mahsulotlari, choy va qahva taqdim etiladi.

Ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxati bilan https://uzfoodexpo.uz/ru/exhibition/spisok-uchastnikov.php saytida tanishishingiz mumkin.

Faqat UzFood ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan platforma – «Riteyl markazi» oziq-ovqat yetkazib beruvchilarning xaridorlar bilan uchrashuvlari uchun har yili tashkil etiladi, bu yerda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib boriladi, unda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari nafaqat o‘z mahsulotlarini taqdim etish imkoniyatiga, balki o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyiga yetkazib berish masalalarini muhokama qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar, ichimliklar, gazaklar, oziq-ovqat ingrediyentlari va atirlarni namoyish etuvchi mamlakatimiz kompaniyalari – eksportyor va firmalarning ishtirokini alohida ta’kidlash lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon orqali bog‘lanishingiz mumkin: 71 205 14 14, www.uzfoodexpo.uz

Tadbirni Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori –  ICA Eurasia tashkil etadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid