Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda iste’molchi elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi
U ETK rahbariga elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan e’tiroz bildirgan va o‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilikdan so‘ng pichoq sanchgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz‘ga xabar berishicha, 2022 yil 12 aprel kuni soat 18:15 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Kadan mahallasida joylashgan «Qoradaryo» elektr tarmoqlari korxonasi binosiga korxona rahbari bilan gaplashish maqsadida tumanning Saroyqo‘rg‘on mahallasida yashovchi 36 yoshli O.T. kelgan.
Fuqaro elektr tarmoqlari korxonasi rahbari P.N.dan o‘zi rahbarligidagi korxonaning elektr ta’minotidagi uzilishi sababini so‘ragan. Shu joyda ular o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng fuqaro o‘zi bilan yonida olib kelgan pichoq bilan P.N.ga tashlanib, uning bo‘yin-yelka sohasiga bir marotaba zarba bergan. Oqibatda ETK rahbari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (xizmat burchini bajarayotgan shaxsga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro O.T. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan.
«Hududiy eyektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha «Qoradaryo» ETK rahbarini pichoqlagan shaxsning korxonasi elektr energiyadan 57 million so‘m qarz bo‘lgan. Shu sababli korxona elektr ta’minotidan uzilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026