Samarqanddagi 60 o‘rinli qabulxonada 160 nafar mahkum saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 aprel kuni ombudsmanning Samarqand viloyatidagi vakili Diyor Husanov tomonidan viloyatdagi ma’muriy tartibda hibsga olinganlarni saqlash uchun maxsus qabulxonasi monitoring qilingan.
Monitoring amalga oshirilgan kunda 2020 yilda tashkil etilgan va 60 nafar shaxsga mo‘ljallangan mazkur qabulxonada 161 nafar hibsga olingan shaxslar saqlanayotgani, ulardan 8 nafari ayol va qolgan 153 nafari erkaklar ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari o‘rganilganda kamchiliklar aniqlangan.
Jumladan, monitoring davomida maxsus qabulxonada saqlanuvchi shaxslarning yaqin qarindoshlari uchun tashkil etilgan uchrashuv xonalari yetarli emasligi, natijada mahkumlarning oila a’zolari bilan uchrashuvlarni tashkil etishda uzoq navbatlar vujudga kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Qisqa muddatli uchrashuv xonalarining soni atigi 1 ta bo‘lib, 20 aprel holatiga ko‘ra saqlanayotgan 160 nafar mahkum uchun yetarli emasligi aniqlangan. Shu nuqtai nazardan ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan qisqa muddatli uchrashuv xonalarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Qayd etilishicha, muassasada mahbuslar ovqatlanishi va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi hamda madaniy hordiq chiqarishlari masalalarida kamchiliklar qayd etilmagan.
Mavzuga oid
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
10:06 / 12.09.2024