Naşrda sentabr oyi oxirida Samarqandda xalqaro taraqqiyot olamidagi muhim voqea – Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boşqaruv kengaşining yillik yiğilişi bölib ötişi ma’lum qilingan. Markaziy Osiyoda ilk bor ötkazilayotgan mazkur tadbir iştirokçilarga barqaror rivojlaniş, sarmoyaviy loyihalar va strategik hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun noyob imkoniyatlar yaratadi.

"Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki yirik moliya taşkilotlardan biri bölib, mijozlar soni böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadi. Uning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi investitsiya portfeliga qiymati 5 milliard AQŞ dollaridan ortiq loyihalar kiradi. 25-26 sentabr kunlari Özbekistonda bölib ötadigan Yillik yiğiliş infratuzilmaga sarmoya kiritiş sohasidagi asosiy muammolar va istiqbollarni muhokama qiliş uçun muhim maydonga aylanişi kutilmoqda", – deb yozilgan maqolada.

Materialda, şuningdek, forum iştirokçi mamlakatlar delegatlari, yetakçi biznes arboblari, xalqaro banklar va fuqarolik jamiyati vakillarini bir joyga töplaşi ta’kidlangan. Taklif etilganlar orasida OIIB prezidenti Tszin Litsyun, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Islom taraqqiyot banki kabi taşkilotlar vakillari bor.