9 sentabr, duşanba kuni soat 17:30 lar atrofida Samarqand şahri Beruniy köçasida joylaşgan 9 qavatli 86-turar joy uyidagi xonadonlaridan birida gaz portlagani xabar qilingandi.

Kun.uz’ga hodisaning yangi tafsilotlari ma’lum böldi. Unga köra, portlaş yuz bergan xonadonda egasi öşa kuni AQŞdan kelgan, biroz dam olgaç, yuviniş uçun vannaga kirgan. Uzoq vaqt mobaynida heç kim yaşamagan xonadonga gaz sizib çiqib töplangan va xonadon egasi buni sezmagan. 50 yoşlar atrofidagi erkak vannadan çiqib, çiroqni yoqqan paytda xonadonda töplanib turgan gaz portlagan. U 90 foizdan ortiq kuyiş jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Rasmiylar voqeada yana bir kişi jarohatlanganini aytişmoqda. Baxtli tasodif tufayli heç kim halok bölmagan. Tasdilanmagan ma’lumotlarga köra, jarohatlanganlar soni 5 kişi.

Portlaş natijasida uylardan soçilib çiqqan buyumlar, deraza bölaklari heç kimga zarar yetkazmagan. Faqat hovlida turgan bir avtomaşinaning old oynasi singan. Gilamlar va boşqa buyumlar hovlidagi daraxtlar ustida osilib yotibdi.

1974 yilda qurilgan 9 qavatli uşbu uy uçta alohida bölakdan iborat va ziç qilib qurilgan. Ularning orasida seysmik çok bor. Portlaş uyning öng tomonidagi qismida örta pod’yezddagi, 3-qavatda joylaşgan xonadonda yuz bergan.

Portlaş oqibatlari nihoyatda dahşatli. Ta’kidlab ötiş kerakki, uy öşa paytda sifatli qilib qurilgan ekan. Yöqsa butun pod’yezd qulab tuşgan bölar edi.

Kvartiraning poli va şifti qulab tuşgan. Ya’ni 2-qavat va 4-qavatlar orasidagi orayopma plitalar portlaş tölqiniga doş bermagan. Şuningdek, xonadonga qöşni pod’yezddagi yondoş kvartira örtasidagi devor ham soçilib ketgan. Portlaş sodir bölgan xonadonning oşxonasi va hammomida yonğin ham sodir bölgani körinib turibdi.

Zarbdor tölqin şu daraja kuçli bölganki, pod’yezddagi xonadonlarning temir eşiklari örnidan otilib çiqqan, lift eşiklari ham joyidan qözğalgan.

Qöşni 5 qavatli turar joylardagi xonadonlarning derazalari ham portlaş tölqini sabab soçilib ketgan. Biz voqea joyiga borganimizda zarar körgan xonadonlarga deraza örnatib berilayotgan ekan.

Gaz portlaşi oqibatida köp qavatli uyga jiddiy şikast yetgan. Binoning mustahkamligi izdan çiqqan. Arzimagan kuçga ega zilzila tufayli ham “dom” qulab tuşişi mumkin. Uylardan qisirlagan turli ovozlar kelmoqda ekan. Şu sababli bugun 11 sentabr kuni köp qavatli uydan odamlar töliq çiqarilmoqda.