O‘zbekiston | 12:00 / 16.05.2022
9841
5 daqiqa o‘qiladi

Case New Holland kompaniyasi zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlarini taklif etadi

Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlar diqqatiga! Agarda siz zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini izlayotgan bo‘lsangiz, Case New Holland kompaniyasi jahon standartlari asosida ishlab chiqarilgan traktor va kombaynlarni qulay va kelishilgan to‘lov shartlari asosida yetkazib berishni taklif etadi.

Jahonga mashhur bo‘lgan Case New Holland kompaniyasining O‘zbekistondagi UzKeysMash qo‘shma korxonasida xalqaro standart talablari bo‘yicha sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqariladi va yetkazib beriladi.

Xususan Case AF4088, New Holland TC5.90 hamda New Holland TC5.30 g‘alla o‘rish kombaynlarini misol keltiramiz.

Case AF4088 g‘alla o‘rish kombayni. Foto: Case New Holland

Case AF4088 g‘alla o‘rish kombayni, g‘alla o‘rimi bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jaliklarning talabini qondiradigan texnika hisoblanadi. Kombayn dvigatel quvvati 210 ot kuchiga, g‘alla bunkeri hajmi esa 6000 litrga ega. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Boshqa kombaynlardan farqi, uning universalligidadir, ya’ni g‘alla va boshqa ekin turlari hosilini yig‘ishtirib olishga tez hamda kam xarajat bilan moslashuvchanligidadir. Kombayn kabinasi shinam, konditsioner va pechka bilan ta’minlangan, tashqi shovqindan yuqori darajada himoyalangan. 

New Holland TC5.90 g‘alla o‘rish kombayni. Foto: Case New Holland

New Holland TC5.90 g‘alla o‘rish kombayni, barcha klasterlarning aynan g‘alla o‘rimi bilan bog‘liq talabiga javob beradi. Dvigatel quvvati 240 ot kuchi bo‘lgan kombaynning, bunker hajmi 6400 litrni tashkil etadi. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Bug‘doy yanchish agregatlari 2 ta barabandan iborat bo‘lgani don yo‘qotilishini minimallashtiradi va yuqori namgarchilik sharoitida ham ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Kombaynning yana bir qulayligi shundan iboratki, g‘alla o‘rimi davomida somonni butun chiqarish yoki dalaga maydalab o‘z-o‘zini o‘g‘it qilish maqsadida bir tekis sochib yuborish imkoniyati mavjud. Kombayn operator ishlashi uchun shinam, konditsionerlik, pechkalik, elektron boshqaruvli zamonaviy kabinaga ega.

New Holland TC5.30 g‘alla o‘rish kombayni. Foto: Case New Holland

New Holland TC5.30 g‘alla o‘rish kombayni, fermer xo‘jaliklar va kichik klasterlar g‘alla maydonlarida tez va samarali o‘rimni tashkil qilish uchun ayni muddao. Kombayn 130 ot kuchilik mexanik yoqilg‘i tizimi bilan jihozlangan “Cummins” dvigateliga ega bo‘lib, bunker hajmi 3000 litrni tashkil etadi. Kombayn jatkasining eni 4 metr bo‘lgani transportirovka vaqti kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu kombayn ham 2 ta yanchish barabanidan iborat bo‘lib somonni sifatli chiqishini ta’minlaydi. Kombayn shinam, konditsionerlik, pechkalik, mexanik boshqaruvli zamonaviy kabinaga ega.

Foto: Case New Holland

Case New Holland kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1996 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va shu kungacha mamlakatimiz hududlarida 10 000 dan oshiq texnikalarni yetkazib bergan, ularga servis xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mijozlar uchun texnikalar xizmatini uzluksiz tashkillashtirish, original ehtiyot qismlarni mijozlarga yetkazib berish hamda ta’mirtalab holatini muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida butun respublika bo‘ylab, barcha viloyatlarda servis markazlari faoliyat olib boradi.

Kompaniyada 150 dan ortiq malakali servis xodimlari xizmat qiladi. Ular maxsus xizmat avtomashinalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalaga tashrif buyurib, texnikalarni qisqa muddat ichida ta’mirlab berishadi. Case New Holland servis va zarur ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni kafolatlaydi.

Foto: Case New Holland

Barcha mahsulotlarga kompaniya tomonidan eng kami 1 yillik yoki mijoz talabiga ko‘ra, 1 yildan ko‘proq muddatga kafolat taqdim etiladi.

Joriy publikatsiya ommaviy oferta hisoblanmaydi, texnikalarni xarid qilish masalasi bo‘yicha batafsil quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

+99890 969 41 41

+99890 007 94 20

Ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘limi: +99878 120 10 01

Manzil: Toshkent shahri, Ohangaron yo‘li 2

Mo‘ljal: Rohat aylanasi, 15 qavatli Artel binosi yonida.

Telegram: cnhindustrial, CaseMash

Telegram-kanal: t.me/cnhuzb

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid