O‘zbekiston | 12:00 / 31.05.2022
26722
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ichak mikroflorasining muvozanati – salomatlik garovidir

Me’da-ichak traktida yashovchi mikroorganizmlar sog‘liq uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Foto: Latsidoforte

Mikroflora uglevodlar shuningdek, oqsillar va yog‘larning parchalanishida ishtirok etib, ovqat hazm qilish faoliyatini to‘liq ta’minlaydi. Foydali bakteriyalar hayot faoliyati jarayonida “K” vitamini, “V” guruh vitaminlari, folat va nikotin kislotalarning sintezi va so‘rilishida ishtirok etib, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, immunoglobulinlarning sintezini rag‘batlantiradi va shu orqali butun organizmning himoya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Biroq mikrofloraning tarkibiy va sifat muvozanati juda nozik va tashqi ta’sirlarga o‘ta sezgir bo‘lib, uning buzilishi disbakterio­z rivojlanishiga olib keladi. Mikroflora buzilishiga eng ko‘p sabablar: antibiotiklar qabul qilish, shuningdek hazm qilish tizimi kasalliklari, zaharlanish, stress va ovqatlanish rejimi buzilishi hisoblanadi. Yoshga bog‘liq omillar – bolalik va qarilik davrida disbakterio­z rivojlanishi ortishini xam yodda tutish lozim. Shunday qilib, ko‘pchilikning hayoti davomida, ichak mikroflorasi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar mavjuddir.

Sog‘liqni saqlash va mikrofloraning muvozanatini tiklash uchun prebiotikalar va probiotiklardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Prebiotikalar— normal ichak mikroflorasining o‘sishini selektiv rag‘batlantirish yoki metabolik faolligini oshirish orqali organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, kelib chiqishi jihatidan nomikrob tabiatli moddalardir.

Probiotiklar —tirik mikroorganizmlar va kelib chiqishi mikroblarga bog‘liq moddalar bo‘lib, tabiiy usul bilan qabul qilinganda normal mikrofloraning faoliyatini barqarorlashtirish va me’yorlashtirish orqali inson tanasining fiziologik, biokimyoviy va immun reaksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, vitaminlar sintezi va so‘rilishining buzilishi hamda gipovitaminoz rivojlanishi tufayli kelib chiqadigan alomatlarni: charchoq, uyquchanlik, ish samarasining pasayishi, shuningdek sochlar va tirnoqlarning mo‘rtlashib, quruqlashishi va teri muammolarini bartaraf etish uchun vitaminlarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Davolashga majmuaviy yondashuv mikroflorani tiklash va umumiy holatini yaxshilashga sharoit yaratadi. Ichak mikroflorasini tiklashning samarador vositalaridan biri Latsidoforte dori vositasi bo‘lib, u 3 majmuani o‘z ichiga oladi:

  • Prebiotik majmua – fiziologik tarkibga mos keladigan, tirik foydali bakteriyalar buzilgan mikrofloraning faoliyatini tiklaydi.
  • Prebiotik majmua -mikrofloraning (bifidoflora va laktobakteriyalarni) o‘sishi uchun ahamiyatli fruktooligosaxaridlar bo‘lib, ularning tiklanishini tezlashtirishga imkon beradi.
  • "V" guruhi vitaminlari va "S" vitamini majmuasi – disbioz natijasida rivojlanayotgan vitamin yetishmasligini to‘ldiradi, umumiy holatni yaxshilaydi.

Latsidofortening tarkibi har qanday yoshda preparatni qabul qilish imkonini beradi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar va kapsulani butunligicha yuta olmaydigan bemorlarga, Latsidoforte kapsulasini ochib, tarkibi oz miqdordagi suyuqlik bilan ichish tavsiya etiladi. Latsidoforte, disbakteriozning barcha kelib chiqish sabablarini bartaraf etib, mikroflora muvozanatining tez tiklanishiga va bemorning umumiy ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida