![](https://storage.kun.uz/source/8/jqNTMj45FzVPN96I9PyOJd45w07y1hte.jpg)
Farg‘ona viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi chiqindilarni elektron motorollerlar yordamida olib chiqib ketishni yo‘lga qo‘ydi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabariga ko‘ra, boshqaruv tashkilotlari uchun berilayotgan ekologik toza, shovqinsiz ishlovchi elektron motorollerlar mahalliylashtirish tamoyillariga asosan “Metall lazer” MChJ tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/8/q2NeH0Fkev_vZ_VnYE4QwgaeR8vAxCdL.jpg)
Ma’lum qilinishicha, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer hududlarni obodonlashtirish, sanitar-gigiyena talablari asosida ozoda saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur uskuna ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan bir qatorda, atrof-muhitning zaharli gazlardan ifloslanishi oldini olishi bilan ham ahamiyatli. Farg‘ona viloyatidagi 48 ta boshqaruv servis kompaniyasiga zamonaviy motorollerlar yetkazib berish rejalashtirilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/8/4v5R35KTYgbAC5hVQ6HwORWTtXujg1Vo.jpg)
Ma’lumot uchun, bir dona elektron motorollerning narxi 32 mln so‘mni tashkil etmoqda.