Iqtisodiyot | 08:12 / 20.06.2024
5841
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etadi

China Xiaou Group viloyat hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasi barpo etish loyihasini amalga oshiradi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida China Xiaou Group kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, viloyat hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

China Xiaou Group rahbari Xuan Xe bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida ushbu loyihaning dastlabki bosqichida 50 mln dollar investitsiya hisobiga yig‘ish, bo‘yash, sozlash liniyalarini yo‘lga qo‘yib, yiliga 60 mingta gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari ishlab chiqarilishi belgilandi. 

Ikkinchi bosqichda 350 mln dollar va uchinchi bosqichda 1,1 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirilib, butlovchi qismlarning ko‘pi mahalliylashtirilishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni 110 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 5 yil davomida to‘la yakunlanishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari boshchiligidagi delegatsiya Chjenszyan shahrida joylashgan, China Xiaou Group kompaniyasining hamkori hisoblangan BAIC Bluepark Magna Automobile zavodida ham bo‘lib, elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Yangi avtomobil modellarini ishlab chiqish hamda tadqiq etishga ixtisoslashgan ushbu korxonada asosan Arcfox, shuningdek, BJEV hamda Huawei texnologiyalari qo‘llangan Stelato modellari, yiliga 150 mingdan ziyod elektromobillar ham ishlab chiqariladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti