Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov sanitar tozalaş xizmatida texnikalardan samarali foydalanişga doir çora-tadbirlarni ilgari surdi. Unga köra, endilikda hozirgi paytda çiqindilarni taşiş va olib çiqib ketişda xizmat körsatayotgan maxsus texnika örniga ham ekologiya uçun zararsiz, ham kamxarjligi jihatdan qulay bölgan iş yurituvçi motorollerdan foydalanişni joriy etiş nazarda tutilgan.
Maxsus motoroller kuniga 80 km. masofa bosib ötişga möljallangan bölib, mahallaga kuniga 1-2 marta kiriş imkoniga ega. U çiqindilarni saralagan holda olib çiqib, qayta yuklaş stansiyasiga taşişi bilan ham hozirgi çiqindi taşuvçi yirik transportlardan afzal sanaladi. Buning natijasida tayyor saralangan çiqindilarni qayta saralaşga hojat qolmaydi, texnika kuçi va xarajatlari tejalişi barobarida poligonlarda taşkil etiladigan eko-klaster hududining özida çiqindilarni qayta işlaşga erişiladi.
- Ma’lumot örnida: yuk taşuvçi motorollerning xarid narxi 32 mln sömni taşkil etib, 869 mln söm bölgan hozirgi çiqindi taşuvçi yirik transportlardan 27 barobar arzon tuşadi. Transportni saqlaş, ta’mirlaş va işçi kuçi kabi bir yillik xarajatlari jihatidan 14 barobar hamda yoqilği sarfi jihatdan esa 5 barobarga tejamkor hisoblanadi.

Şu bilan birga, motorollerlar elektrga möljallangani va qöşimça 27 ta işçi örni yaratilişi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur elektr motorollerlar çiqindilarni “qayta işlanadigan”, “qayta işlanmaydigan” va “oziq-ovqat” çiqindilariga saralab taşişga möljallangan. Hozirgi çiqindi taşuvçi transportlarda esa umumiy çiqindilarni taşişda saralab taşlaş imkoniyati yöq va bu öz örnida qayta işlaş imkoniyatiga ham ta’sir körsatar edi.

Jarayonda çiqindi taşiş platformasining alohida turlarga böliş imkoniyati mavjud bölgan motorollerlardan tajriba tariqasida avvaliga 3 turdagi 50 tadan jami 150 tasi 425 ming dollarga xarid qilib keltiriladi. Ularni respublikaning 14 hududidagi şahar va tumanlar markazidagi jami 1860 ta MFYda tajriba sifatida sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan. Bunda har bir mahallaga bittadan motoroller ajratiş orqali nafaqat aholiga sifatli xizmat körsatiş, balki çiqindilarni iqtisodiyotning ajralmas bölagiga aylantiriş maqsad qilingan.








